Quvonchbek

Quvonchbek Choriyev

Men jurnalistika va IT sohalari bo'yicha mutaxassisman, shu bilan birgalikda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda ham tajribaga egaman. Ishtirok etgan loyihalarim nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham yuqori baholangan.

Men

Jurnalistika va marketing sohasida:
1. Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasida muxbir-marketolog sifatida faoliyat yuritganman;
2. Surxondaryo viloyati ATR TVda muxbir va bosh montajchi lavozimlarida ishlaganman;
3. Diyor24.uz ommaviy axborot vositasida muxbir-marketolog sifatida xizmat qilganman;
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan 10 ga yaqin seminarning har birida ekspert mutaxassis sifatida qatnashganman;
5. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida matbuot kotibi yordamchisi lavozimida 2 yil davomida faoliyat olib borganman;
6. DW Akademiya tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magi hamda Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) qo‘shma moliyalashtiruvida amalga oshirilgan "EU Tabassum" (Smile) loyihasining ishtirokchisi bo‘lganman.

IT sohasidagi yutuqlarim:
1. 1 ta xalqaro va 4 ta mahalliy hakaton tanlovlarida, jumladan "Digital Surkhandarya Hackathon" va "BRAIN HACK" kabi musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallaganman
2. 1 ta xalqaro va 7 ta mahalliy patent muallifiman
3. 20 ga yaqin Telegram bot loyihalarini ishlab chiqqanman

Pedagogika va boshqaruv:
1. Denov Tadbirkorlik va Pedagogika institutida ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlaganman;
2. Oliy ta’lim va yoshlar loyihalarida faol ishtirok etganman;
3. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi sifatida faoliyat yuritganman;
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlovlarining hududiy bosqichlarida hakamlik hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etganman.

Innovatsion loyihalar:
1. AQShning USAID va Germaniyaning DW Akademie kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etganman;
2. InnoWeek.uz, TechnoWays, Bahorgi tijoratlashtirish forumi kabi Respublika miqyosida o‘tkazilgan 40 ga yaqin tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritganman.							

Ko‘nikmalar

Foto va video tahrirlash

Adobe Photoshop, Adobe Lightroom, GIMP, CorelDRAW, Affinity Photo, Adobe Premiere Pro, Pinnacle Studio 15 dasturlarida erkin ishlay olaman

IT dasturlari bilan ishlash

HTML, CSS, JavaScript, Bootstrap, jQuery, Sass, Tailwind CSS Android (Java, Kotlin), iOS (Swift, Objective-C), React Native, Flutter, Xamarin

Grafik dizayn

UI/UX Dizayn Figma, Sketch, Adobe XD, InVision dasturlarida erkin ishlash

Web Office hujjatlari

Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint, Google Docs, Google Sheets, Google Slides dasturlarida erkin ishlash

Loyihalar

Denov404 Loyihasi (2022)

Markaziy Osiyo innovatsiyalari dasturi (SICA) doirasida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning moliyaviy ko'magi asosida “Denov404” loyihasini ishlab chiqdim

Chatseen (2022)

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar(Telegram, Instagram, TikTok, Youtube, Facebook, Vk, Likee, X(Twitter), Ok va web saytlar)da tashkilotlarning rasmiy sahifalarini rivojlantirishga qaratilgan ommaviy telegram bot

Uz404 Komplexs dasturi (2019)

Ijtimoy tarmoqlarda inson omilisiz murojatlarni yig'ishga qaratilgan dastur

DTPI Matbuot (2023)

Matbuot xizmati xodimlarini ish faoliyati raqamlashtirish orqali samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy metodlar asosida ishlovchi dastur.

Bog'lanish

Men Bilan Bog‘lanish